AsosiyJamiyat

Endi viloyat va tuman sog‘liqni saqlash rahbarlarining kundalik qabuli mahallada o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan yaxshilash, aholiga xizmat sifatini oshirish bo‘yicha yangi topshiriqlar berdi.

'Endi viloyat va tuman sog‘liqni saqlash rahbarlarining kundalik qabuli mahallada o‘tkaziladi'ning rasmi

Davlat rahbari endilikda viloyat va tuman sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallalarda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

“Shunda xalq bilan muloqot paydo bo‘ladi, odamlar rozi bo‘ladi, tibbiyot tizimiga xolis bahoni o‘zi beradi. Har bir rahbar o‘zini bemorning o‘rniga qo‘yib, poliklinikada bir kunda qancha vaqt sarflanishini o‘zi ko‘rsin. Shunda haqiqiy muammolarni his qiladi”, — dedi Prezident.

Shuningdek, tuman va viloyat bosh shifokorlari respublika markazlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan integratsiyalashgan tizim joriy etilishi qayd etildi. Ular hududdagi kasalliklar holati va dinamikasiga qarab, markazlarga davolash va profilaktika bo‘yicha buyurtmalar beradi.

2026 yildan rahbarlik lavozimlarini tayinlashda yangi tizim joriy qilinadi —

“Endi barcha tibbiyot muassasalarida rahbar va bosh shifokor lavozimlari ajratiladi. Rahbarlar menejment ko‘nikmalariga ega, tadbirkorlik tajribasi bo‘lgan insonlar orasidan tanlanadi.”

Prezident, shuningdek, rag‘batlantirish tizimi yangilanishini ham e’lon qildi. Kasalliklarning oldini olish, davolashni yaxshilash, raqamlashtirishni to‘liq yakunlagan eng ilgor tuman va viloyat sog‘liqni saqlash rahbarlariga:

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi” unvoni;

orden va medallar;

30 million so‘m pul mukofoti;

rahbarlik qilayotgan muassasa infratuzilmasini yaxshilash uchun 500 million so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bundan tashqari, har bir viloyatdan eng yaxshi ikki nafar rahbar AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya va Turkiya kabi ilgor davlatlarda menejment kurslariga yuboriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Malida blogger jihodchilar tomonidan qatl etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:13

    Malida blogger jihodchilar tomonidan qatl etildi

    Ma'lumotlarga ko'ra, hodisa Tonka shahrida sodir bo'lgan.

    'Joriy yilda davlat byudjetidan tibbiyotga 45 trillion so‘m ajratildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:02

    Joriy yilda davlat byudjetidan tibbiyotga 45 trillion so‘m ajratildi

    Bu haqda Davlat rahbarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida so‘z bordi.

    'Namanganda 23 ta iPhone 17’ni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:33

    Namanganda 23 ta iPhone 17’ni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

    Quvayt va Jiddadan kelayotgan yo‘lovchilar iPhone 17 uyali telefonlarini Namangan aeroportida bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga urinishgan fosh etildi.

    'Toshkentda tarqalgan "OIV yuqturadigan igna" videosi sahnadashtirilganmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:22

    '2026 yildan tibbiyot xodimlari besh kunlik ish haftasiga o'tadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:03

    2026 yildan tibbiyot xodimlari besh kunlik ish haftasiga o'tadi

    Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekistonning barcha davlat tibbiyot muassasalar xodimlari uchun besh kunlik ish tartibi joriy etiladi.

    '5 kunlik ish tartibi, qo‘shimcha ustama, imtiyoz va mukofotlar...'ning rasmi

    Jamiyat 09.11.2025 19:33

    5 kunlik ish tartibi, qo‘shimcha ustama, imtiyoz va mukofotlar...

    Prezident tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror qabul qildi.