Sud hujjatlariga ko'ra:
1984 yilda tug'ilgan va 1982 yilda tug'ilgan opasi Xayriniso bilan merosni sotish masalasida bir necha yildan beri nizo qilgan.
2025 yil 6 fevral kuni soat 16:00 larda ular lom va mix sug'urish asbobi bilan bosh, yelka va qo'l sohalariga bir necha zarba berib, qasddan o'ldirgan.
Marhumaning jasadi gilam va polietilen tsellofanga o'ralib, avtomashina orqali Yangiariq kanali yoqasidagi tabiiy chuqurlikka ko'mib yuborilgan. Jinoyat izlarini yashirish maqsadida lom va boshqa buyumlar tashlandiq joyga ko'milgan, qon dog'lari esa kanalizatsiyaga oqizilgan va beton bilan yopilgan.
Sud jarayonida, Shahram Saidov (aka-uka akasi) opaning bedarak yo'qolgani haqida xabar qilgan. Salkam ikki oy davom etgan qidiruvdan so'ng jasod topilgan.
Aka-ukalar Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismiga (qasddan odam o'ldirish) muvofiq aybli deb topildi.
Har biriga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o'tab chiqishlari belgilangan.






