Yangi vakolatxonalar o‘zbek diasporasi eng ko‘p to‘plangan Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl shaharlarida ochilishi rejalashtirilgan.
Ular orqali vatandoshlar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, AQShda O‘zbekistonning investitsiyaviy va savdo aloqalarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
2026 yil 1 yanvardan boshlab Vashingtondagi elchixonada Prezident ma’muriyatining maslahat-vakili lavozimi joriy etiladi.
Ushbu lavozim Amerika — O‘zbekiston ishbilarmonlar va investitsiyalar kengashi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqi siyosiy tashabbuslarni amalga oshirishda ko‘maklashadi.






