AsosiyDunyo

Folbin “marosimi” biznesni emas, jinoyat ishini ochdi

Qirg‘izistonda ayol folbin tavsiyasiga ishonib, “yo‘l ochish” maqsadida 43 ming dollarni qabristonlarga ko‘mgan.

'Folbin “marosimi” biznesni emas, jinoyat ishini ochdi'ning rasmi

Qirg‘iziston ichki ishlar organlari ma’lumotiga ko‘ra, O.G. ismli fuqaro may–oktyabr oylarida o‘zini folbin deb tanishtirgan ayol tomonidan aldanagini bildirib, murojaat qilgan.

Gumonlanuvchi “biznesga yordam berish” bahonasida turli “marosimlar” o‘tkazib, pullarni qabristonlarda qoldirishni talab qilgan.

Bishkek shahrining Birinchi may tumani IIB xodimlari 2000 yilda tug‘ilgan M.K. ismli ayolni qo‘lga oldi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 Gumonlanuvchi vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar