AsosiyJinoyat

Намангандаги тўйда 7 ёшли қизни зўрлаган эркак 18 йилга қамалди

Mahkum jazoning dastlabki uch yilini qamoqda, qolgan qismini maxsus tartibli koloniyada o‘tkazadi.

'Намангандаги тўйда 7 ёшли қизни зўрлаган эркак 18 йилга қамалди'ning rasmi

Oktabr oyida Namangan viloyatidagi xonadonlardan birida erkak to‘y marosimida 2018 yilda tug‘ilgan qizni zo‘rlaganligi haqida xabar tarqalgan edi. 

Kuni kecha Namanganda mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakunlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudi sudlanuvchi, 1987 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan B.S.ga nisbatan hukm chiqardi.

Sud jarayoni yopiq rejimda o‘tkazildi.

Sud hukmiga ko‘ra, B.S. 2018 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan I.K.ga nisbatan JKning 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Jinoyatlar majmui bo‘yicha unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, JKning 34-moddasi 3-qismi "a" bandi asosida B.S. o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Shu munosabat bilan u jazoni og‘irroq sharoitlarda o‘taydi va muddatidan oldin ozod qilish imkoniyati minimalashtiriladi.

Xususan, sudning ajrimiga ko‘ra, mahkum jazoning dastlabki uch yilini qamoqda, qolgan qismini maxsus tartibli koloniyada o‘tkazadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 02:41

    Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kadastr xodimi va sobiq soliq inspektorining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

    'Qoʻshiqchi Rihannani oʻldirmoqchi boʻlishdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 01:41

    Qoʻshiqchi Rihannani oʻldirmoqchi boʻlishdi

    Uning uyiga qarata o‘q uzgan ayol qo‘lga olindi.

    '“O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi'ning rasmi

    Jinoyat 23.02.2026 13:26

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUKning 3 nafar mansabdori turli moddalar bo‘yicha ayblanib, sud jarayoni boshlandi.

    '"Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 13:52

    "Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi

    Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi 1-sonli tergov hbsxonasida “bishkezlik manyak” nomi bilan tanilgan Qumarbek Abdirov o‘lik holida topildi.

    'Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 02:26

    Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan

    Surxondaryo viloyatida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holat bo‘yicha dalolatnomani o‘zgartirib berish evaziga pora talab qilgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi.

    'Otasini ayovsiz kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan erkak qamaldi.'ning rasmi

    Jinoyat 16.01.2026 06:52