O‘zbekistonda AQSh dollari kursi 12 ming so‘mdan tushdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 6 yanvar holatiga dollar 52,17 so‘mga arzonlab, 11 952,24 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, yevro 165,39 so‘mga pasayib, 13 963,80 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli esa 5,78 so‘mga tushib, 147,81 so‘m etib belgilandi.
Qayd etilishicha, dollar kursi 2025 yilni pasayish bilan yakunlagan bo‘lib, 2026 yil boshida ham ushbu tendensiya davom etmoqda.






