O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi haydovchilar va yo‘lovchilar uchun xavfsizlik kamarini taqmaslik mumkin bo‘lgan kasalliklar va holatlar ro‘yxatini tasdiqladi. Bu ro‘yxat 2025 yil 24 dekabrdagi 29-sonli buyruq bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Hujjatga ko‘ra, kamar taqish sog‘liq uchun zararli yoki jismonan imkonsiz bo‘lgan holatlarda fuqarolarga ruxsat etiladi. Bundan foydalanish uchun maxsus elektron tibbiy ma’lumotnoma talab etiladi.
Ro‘yxatga jarohatlar (umrov, tosh suyagi, qovurg‘alar, yelkasi kamari, umurtqa pog‘onasi sinishlari), o‘pka va yurak kasalliklari, bronxial astma, KOAXning og‘ir shakllari, morbid semizlik (TMI ≥ 40), 150 smdan past bo‘y, ko‘krak va qorin jarrohligidan keyingi holatlar, ko‘krak implantlari va qo‘l harakatini cheklovchi nevrologik patologiyalar kiritilgan.
Tibbiy ma’lumotnoma “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimi orqali bepul rasmiylashtiriladi va kasallik turiga qarab 2 oydan muddatsiz berilishi mumkin. Ma’lumotnomasiz kamar taqmaslik yo‘l harakati qoidalarini buzish hisoblanadi.






