AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda bayroqdor dronlar bilan jihozlangan yangi maxsus boʻlinma tuzildi

Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov O‘zbekiston chegaralarida bayroqdar uchuvchisiz uchish apparatlari bilan ta’minlangan maxsus bo‘linma jangovar navbatchilikka qo‘yilganini ma’lum qildi.

'Oʻzbekistonda bayroqdor dronlar bilan jihozlangan yangi maxsus boʻlinma tuzildi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston chegaralarida Bayraktar uchuvchisiz uchish apparatlari bilan qurollangan yangi maxsus bo‘linma tashkil etilganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur bo‘linmaning jangovar navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarining intensivligi va sifat ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgan.

Ma’lumot uchun,  Bayraktar — Turkiyada ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparati bo‘lib, asosan razvedka, kuzatuv va aniq zarba berish vazifalarini bajaradi. U uzoq masofaga parvoz qila olishi, xavfli hududlarni xavfsiz tarzda nazorat qilishi hamda yuqori aniqlikda ishlashi bilan ajralib turadi.

Qo‘shimcha optik kameralar va zamonaviy boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan Bayraktar dronlari harbiy operatsiyalarda muhim taktik ustunlikni ta’minlaydi. Shu sababli mazkur turdagi uchuvchisiz apparatlar ko‘plab davlatlar tomonidan faol qo‘llanilmogda.

    Boshqa yangiliklar