Muassasaga tashrif davomida Turkiyada sodir etgan jinoyatlari uchun qamoqda saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlashildi. Ularning ahvoli haqida ma’lumot olindi, jazoni o‘tash sharotlari o‘rganildi, zarur konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Avvalgi tashrifda hamyurtlarimiz o‘zbek tilidagi adabiyotlar so‘ragan edi. Shu bois, Bosh konsulxona tashabbusi va O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Asahi” va “Hilol nashr” bosmachonalari ko‘magida muassasa kutubxonasiga O‘zbekistondan olib kelingan 100 dan ortiq ma’rifiy, ilmiy, diniy va ommabop adabiyotlar to‘plami taqdim etildi.
Tashrif davomida tergov hibsxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining yashash sharotlari, oziq-ovqat ta’minoti, tibbiy xizmatdan foydalanish va yaqin qarindoshlari bilan telefon orqali mulogot qilish tartibi o‘rganildi.
Fuqarolar bilan yakka tartibda o‘tkazilgan suhbatlarda ularni qiynayotgan muammolar aniqlandi, huquq va erkinliklari, Turkiya qonunchiligida belgilangan majburiyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha Bosh konsulxona tomonidan aniqlandan muammo va kamchiliklarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.






