Poytaxt FVBB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqida soat 15:47 da Parkent ko‘chasidagi savdo majmuasi yonayotgani yuzasidan xabar kelib tushgan.
Qutqaruv ekipajlari 15:53 da voqea joyiga etib borib, binodagi barcha fuqarolarni evakuatsiya qildi. Hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda.
Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
.






