AsosiyJamiyat

Turkiyada avtobus ag'darilishi oqibatida 8 kishi halok bo'ldi.

Turkiyaning Antaliya shahrida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 kishi vafot etdi, yana 26 nafar yo‘lovchi jarohat oldi.

'Turkiyada avtobus ag'darilishi oqibatida 8 kishi halok bo'ldi.'ning rasmi

1 fevral kuni Antaliya shahrida og‘ir YTH sodir bo‘ldi. “Mersin Haber” nashrining xabar berishicha, hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 26 nafar yo‘lovchi esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lum qilinishicha, avtobus Tekirdag‘ viloyatidan Antaliyaga yo‘l olgan bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqni buzib o‘tgan va transport vositasi jarikka tushib ketgan. Natijada avtobus ichida yo‘lovchilar qisilib qolgan.

Antaliya gubernatori Hulusi Shahinning bildirishicha, avtobus burilishni uddalay olmagan va yo‘ldan chiqib ag‘darilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi Turkiya fuqarolari hisoblanadi. Jarohatlanganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda. Avtobus salonida jami 34 kishi bo‘lgan.

Avtobus “Buzlu Turizm” kompaniyasiga tegishli ekani aytilmoqda. Hozirda voqea joyida shifokorlar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda, mutaxassislar esa avariya sabablarini aniqlamoqda.

    Boshqa yangiliklar