AsosiySiyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Pokistonga yoʻl oldi

Shavkat Mirziyoyev 5 fevral kuni Pokistonga davlat tashrifi bilan jo‘nab ketdi.

'Oʻzbekiston Prezidenti Pokistonga yoʻl oldi'ning rasmi

Islomoboddа oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston va Pokiston rahbarlari do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, qo‘shma investitsiya va savdo hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.

Sammit yakunida qo‘shma deklaratsiya va bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Davlat rahbari tashrif doirasida qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ham ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar