Toshkent shahrida yong‘in xavfsizligi talablarini qo‘pol ravishda buzganligi sababli bir nechta binolar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
5 fevral kuni poytaxtdagI odamlar ko‘p yig‘iladigan maskanlarda yong‘in xavfsizligi tekshiruvlari o‘tkazildi. Mirzo Ulug‘bek, Chilanzor, Yakkasaroy, Yangihayot, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida joylashgan 7 bino aniqIangan kamchiliklari bartaraf etilgunicha yopildi. Hozirda ushbu ob’ektlarda kamchiliklarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Yashnobod tumanidagi “Aviator” savdo majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘lib, 3 yoshli qizcha halok bo‘lgan va 800 kvadrat metr maydon zarar ko‘rgan. Shundan so‘ng Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha savdo va ko‘ngilochar markazlar hamda xizmat ob’ektlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha murojaat bilan chiqqan.






