AsosiyJamiyat

Qurbon hayiti kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

"O'zgidromet" 27 may, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi.

'Qurbon hayiti kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16–18, kunduzi 26–28 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol ba’zi hududlarda 20–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 28–33 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham qisqa muddatli yog‘ingarchilik va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat 28–33 darajagacha yetadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 25–30 darajagacha isiydi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Harorat kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 27–32 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. Shuningdek, sel-suv toshqini xavfi e’lon qilingan.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, haftaning birinchi yarmida ayrim joylarda yog‘ingarchilik saqlanib turadi, ikkinchi yarmidan esa havo harorati asta-sekin ko‘tarilib boradi.

    Boshqa yangiliklar