AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda ilmiy daraja berishda bir qator tartiblar bekor qilinadi

Farmonda qayd etilishicha, 2027 yil 1 yanvarga qadar dissertatsiya himoyasi bo‘yicha e’lon berilgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar eski tartib asosida beriladi.

'O‘zbekistonda ilmiy daraja berishda bir qator tartiblar bekor qilinadi'ning rasmi

O'zbekistonda 2027 yildan boshlab ilmiy darajalar berish tizimida bir qator byurokratik tartiblar bekor qilinadi. Bu Prezidentning "Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi 98-sonli farmonida belgilandi.

Hujjatga ko'ra, 2027 yil 1 yanvardan quyidagi talab va tartiblar amaliyotdan chiqariladi:

— mustaqil izlanuvchilardan tashqari hollarda chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish;

— Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro'yxatdan o'tkazish va himoya haqida e'lon berish;

— dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o'tkazish;

— ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha DSc dissertatsiyasi natijalari asosida monografiya chop etish;

— dissertatsiya avtoreferatini nashr qilish;

— ilmiy natijalar amaliyotga joriy qilingani haqida xulosa olish;

— dissertatsiyani Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashida ilmiy ekspertizadan o'tkazish;

— himoya qilingan dissertatsiya bo'yicha ilmiy kengash qarorini OAK tomonidan tasdiqlash;

— ta'lim va ilmiy faoliyat uchun jalb qilingan xorijlik mutaxassislarning ilmiy daraja hujjatlarini nostrifikatsiya qilish.

Shuningdek, xorijda olingan ilmiy daraja hujjatlari O'zbekistondagi faoliyati davomida to'g'ridan to'g'ri tan olinadi.

Farmonda qayd etilishicha, 2027 yil 1 yanvarga qadar dissertatsiya himoyasi bo'yicha e'lon berilgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar eski tartib asosida beriladi.

Bundan tashqari, 2027 yildan ilmiy daraja beruvchi kengashlar faoliyati samaradorligini baholash bo'yicha reyting tizimi joriy etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:37

    'Belgiyada O'zbekiston fuqarosining hayoti saqlab qolindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:26

    Belgiyada O'zbekiston fuqarosining hayoti saqlab qolindi

    Belgiyada og‘ir xastalikni boshdan kechirgan O‘zbekiston fuqarosi muvaffaqiyatli ravishda vatanga qaytarildi.

    'Pensiya uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:18

    Pensiya uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekani aytildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilayotgani haqida tarqalayotgan xabarlar feyk ekani ma’lum qilindi.

    'Қурбон ҳайити муносабати билан юзлаб беморларга юқори технологик операциялар ўтказилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:04

    Қурбон ҳайити муносабати билан юзлаб беморларга юқори технологик операциялар ўтказилди

    2026 yil 27 may soat 09:00 holatiga ko‘ra, 194 nafar bemor bola tibbiyot muassasalariga yotqizilgan bo‘lib, ularning 40 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

    'Litvada davlat reyestrlaridan 600 mingga yaqin fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari sizdirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:05

    Litvada davlat reyestrlaridan 600 mingga yaqin fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari sizdirildi.

    Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida qariyb 600 ming kishi, jumladan mamlakat prezidenti va bosh vazir qarindoshlarining ma’lumotlari ham oshkor bo‘lgan.

    'O'zbekistonda bugun havo harorati 40 darajagacha ko'tariladi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:24

    O'zbekistonda bugun havo harorati 40 darajagacha ko'tariladi.

    “O‘zgidromet” 28 may kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.