AQSh prezidenti Donald Trump Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxudan Eronning neft va gaz ob’yektlariga hujum qilmaslikni so‘raganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Isroil rahbari bu iltimosga rozi bo‘lgan.
Trump bu haqda Oq uyda Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi bilan uchrashuv chog‘ida gapirgan.
AQSh prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yaxshi ekanini ta’kidlab, ayrim vaziyatlarda Isroil mustaqil qarorlar qabul qilishi mumkinligini ham qayd etgan.
“Biz juda yaxshi chiqishamiz. Ko‘p masalalar kelishib olingan. Ba’zan u biror ish qilishi mumkin, ammo agar bu bizga ma’qul kelmasa, buni qilmaydi”, — dedi Trump.
Avvalroq Isroil harbiylari Eron janubidagi yirik energetika loyihalaridan biri — South Pars gas field hududiga zarba bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur hujum natijasida konning ayrim ob’yektlarida ish vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum qilingan.






