AsosiySiyosat

Yangi farmonning samarasini minglab insonlar his qiladi — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mazkur hujjatning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

'Yangi farmonning samarasini minglab insonlar his qiladi — Saida Mirziyoyeva'ning rasmi

Avvalroq O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kichik biznes subyektlarining o'sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma'muriy shart-sharoitlar yaratish to'g'risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar berilgan edi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mazkur hujjatning ahamiyatiga to'xtalib o'tdi.

Saida Mirziyoyeva so'nggi kunlarda kichik biznes uchun sharoitlar yengillashtirilishi haqidagi yangiliklar ishbilarmon doiralar tomonidan iliq qarshi olinayotganini ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, bu masala ancha buyon tadbirkorlar uchun og'riqli muammo bo'lib kelgan. Hududlarga tashriflar chog'ida tadbirkorlar QQS to'lashga o'tish bo'yicha 1 milliard so'mlik chegara juda pastligi, soliq ma'muriyatchiligi murakkabligi, shuningdek, tekshiruv va hisobotlar haddan tashqari ko'pligini ta'kidlab kelgan.

“Natijada biznes xotirjam rivojlanish o'rniga sun'iy ravishda bo'linishga majbur bo'layotgan edi”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, prezident tomonidan imzolangan farmonga muvofiq, mazkur chegara 5 milliard so'mgacha oshirildi.

“Buning samarasini, eng avvalo, oilaviy korxonalar, kafelar, do'konlar, xizmat ko'rsatuvchilar — bir so'z bilan aytganda, o'zining kundalik mehnati bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini harakatga keltirayotgan minglab insonlar his qiladi”, — dedi u.

Shuningdek, hujjatda kichik biznesni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir qator muhim chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Mirziyoyev YOII sammitida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 13:26

    Prezident Mirziyoyev YOII sammitida ishtirok etdi

    O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig'ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi.

    'Shavkat Mirziyoyev YOIIda raqamli savdo va hamkorlik bo‘yicha yirik tashabbuslarni ilgari surdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:32

    'Toshkent — Samarqand o'rtasida yangi tezyurar yo'l quriladi: Mirziyoyev transport sohasidagi yirik loyihalarni ko'rib chiqdi'ning rasmi

    Siyosat 26.05.2026 14:18

    Toshkent — Samarqand o'rtasida yangi tezyurar yo'l quriladi: Mirziyoyev transport sohasidagi yirik loyihalarni ko'rib chiqdi

    Президент Шавкат Мирзиёевга тақдим этилган режалар орасида “Тошкент — Самарқанд” муқобил автомагистрали, Янги Тошкент халқаро аэропорти ва Навоий авиация хаби бўйича муҳим ташаббуслар бор.

    'Kichik biznes uchun katta burilish: soliq chegarasi 5 baravar oshirilishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 26.05.2026 13:57

    Kichik biznes uchun katta burilish: soliq chegarasi 5 baravar oshirilishi mumkin

    Mirziyoyevga taqdim etilgan yangi takliflar tadbirkorlar uchun soliq yukini yengillashtirib, “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga qaratilgan.

    '47 ta belgi   4 ta so‘z  ў  ғ  ҳ  қ  Loading... O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi oshiriladi'ning rasmi

    Siyosat 25.05.2026 17:01

    47 ta belgi 4 ta so‘z ў ғ ҳ қ Loading... O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi oshiriladi

    Ilm-fan sohasida katta yangiliklar: Doktorantlar stipendiyasi oshiriladi, byurokratiya esa qisqaradi.

    'Oʻzbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanish choralari kuchaytiriladi'ning rasmi

    Siyosat 25.05.2026 15:10

    Oʻzbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanish choralari kuchaytiriladi

    Shavkat Mirziyoyev raisligida suv fondi erlari hamda sel suvlaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.