Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hokimligi xodimi tadbirkorga 45 sotix yer maydonini olib berish va uning tanishini ishga joylashtirish evaziga 500 dollar talab qilgan vaqtida qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruvlarda u avval ham shu masala bo‘yicha 3,5 million so‘m olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.
Farg‘ona viloyatida esa xususiy tijorat banklaridan biri rahbari fuqaroga 2,5 milliard so‘mlik kredit ajratib berish evaziga kredit summasining 5 foizi — 125 million so‘m talab qilgan.
Tezkor tadbirda u 10 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda ushlangan.
Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






