Farg'ona va Namanganda noqonuniy dori vositalari saqlanayotgan manzillar fosh etildi
Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirlarda Farg'ona va Namangan viloyatlarida katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari aniqlandi.
Farg'ona shahrida 1987 yilda tug'ilgan fuqaro “Gazel” avtomashinasida olib kelingan 778 million so'mlik dori vositalarini uyiga tushirayotgan vaqtda to'xtatildi. Keyinchalik uning xonadondan yana 468 million so'mlik dori vositalari topildi.
Namanganda esa ikki nafar fuqaro xorijdan noqonuniy olib kirilgan dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan. Tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 1 milliard so'mdan ortiq bo'lgan 32 mingdan ziyod quti dori vositalari musodara qilingan.
Har ikki holat bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






