AsosiySiyosat

Prezident Mirziyoyev YOII sammitida ishtirok etdi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig'ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi.

'Prezident Mirziyoyev YOII sammitida ishtirok etdi'ning rasmi

Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart To'qaev raisligida o'tgan sammitda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg'iziston Prezidenti Sadiy Japarov va boshqa qator rasmiylar qatnashdi.

Yig'ilishda ko'p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va qo'shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident Mirziyoyev o'z nutqida O'zbekiston uchun YeOII davlatlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik tashqi iqtisodiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib qolayotganini ta'kidladi.

Davlat rahbari o'zaro savdo hajmi oshib borayotgani, logistika aloqalari mustahkamlanayotgani hamda raqamli iqtisodiyot va energetika sohalarida yangi hamkorlik yo'nalishlari shakllanayotganini qayd etdi.

Shuningdek, Prezident YeOII bilan to'siqlarsiz savdoning yagona raqamli makonini shakllantirish, bojхona va fitosanitariya sohalarida raqamli ma'lumot almashinuvini yo'lga qo'yish muhimligini aytdi.

Mirziyoyev “aql”li transport-bojхona yo'laklarini yaratish, sanoat kooperatsiyasi dasturini ishlab chiqish va “yashil” texnologiyalarni joriy etish bo'yicha ham takliflar bildirdi.

Bundan tashqari, u mehnat migratsiyasi sohasida milliy elektron bandlik хizmatlarini integratsiya qilish hamda “Markaziy Osiyo turistik halqasi” tashabbusini birgalikda ilgari surishni taklif qildi.

Prezident yakunda O'zbekistonning YeOII doirasidagi ko'p tomonlama dastur va loyihalarda ishtiroki o'zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga хizmat qilishini ta'kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev YOIIda raqamli savdo va hamkorlik bo‘yicha yirik tashabbuslarni ilgari surdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:32

    'Yangi farmonning samarasini minglab insonlar his qiladi — Saida Mirziyoyeva'ning rasmi

    Siyosat Bugun 06:18

    Yangi farmonning samarasini minglab insonlar his qiladi — Saida Mirziyoyeva

    Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mazkur hujjatning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

    'Toshkent — Samarqand o'rtasida yangi tezyurar yo'l quriladi: Mirziyoyev transport sohasidagi yirik loyihalarni ko'rib chiqdi'ning rasmi

    Siyosat 26.05.2026 14:18

    Toshkent — Samarqand o'rtasida yangi tezyurar yo'l quriladi: Mirziyoyev transport sohasidagi yirik loyihalarni ko'rib chiqdi

    Президент Шавкат Мирзиёевга тақдим этилган режалар орасида “Тошкент — Самарқанд” муқобил автомагистрали, Янги Тошкент халқаро аэропорти ва Навоий авиация хаби бўйича муҳим ташаббуслар бор.

    'Kichik biznes uchun katta burilish: soliq chegarasi 5 baravar oshirilishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 26.05.2026 13:57

    Kichik biznes uchun katta burilish: soliq chegarasi 5 baravar oshirilishi mumkin

    Mirziyoyevga taqdim etilgan yangi takliflar tadbirkorlar uchun soliq yukini yengillashtirib, “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga qaratilgan.

    '47 ta belgi   4 ta so‘z  ў  ғ  ҳ  қ  Loading... O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi oshiriladi'ning rasmi

    Siyosat 25.05.2026 17:01

    47 ta belgi 4 ta so‘z ў ғ ҳ қ Loading... O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi oshiriladi

    Ilm-fan sohasida katta yangiliklar: Doktorantlar stipendiyasi oshiriladi, byurokratiya esa qisqaradi.

    'Oʻzbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanish choralari kuchaytiriladi'ning rasmi

    Siyosat 25.05.2026 15:10

    Oʻzbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanish choralari kuchaytiriladi

    Shavkat Mirziyoyev raisligida suv fondi erlari hamda sel suvlaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.