AsosiySIYOSAT

Mirziyoev kimyo sanoatidagi muammolarni tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatida mavjud muammolarga e'tibor qaratib, so'nggi to'qqiz yilda respublika sanoati o'rtacha 6,3 foizga o'sgan bo'lsa, kimyo tarmog'ida bu ko'rsatkich 3 foizga ham yetmayotganini qayd etdi.

'Mirziyoev kimyo sanoatidagi muammolarni tanqid qildi'ning rasmi

Ta'kidlanishicha, kimyo mahsulotlari importi oshib, yiliga 4,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ichki talabning hatto 60 foizini ham qoplay olmayapti.

Yig'ilishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmayotgani, kimyo sanoatida bir ishchiga to'g'ri keladigan qo'shilgan qiymat boshqa davlatlarga nisbatan 2–3 baravar kamligi ham qayd etildi.

Prezident “O'zkimyosanoat” AJ asosan o'z tizimidagi yirik korxonalar bilan ishlayotgani, sohadagi 5 mingdan ortiq korxona bilan tizimli muloqot va ularning muammo hamda takliflarini o'rganish ishlari sustligi uchun tanqid qildi.

Shu bois davlat rahbari kimyo sanoati korxonalari vakillari bilan shaxsan uchrashib, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaror qilganini ma'lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 13:49

    'Saida Mirziyoyeva qizlar ta'limi haqida gapirdi'ning rasmi

    SIYOSAT 23.06.2026 11:54

    Saida Mirziyoyeva qizlar ta'limi haqida gapirdi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat oliy ta’lim tizimida qizlarning ishtiroki ortib borayotganiga e’tibor qaratdi.

    'Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yildi'ning rasmi

    SIYOSAT 23.06.2026 09:45

    Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

    Davlat rahbari tadbirda so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekistonda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantirish, yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish davlat siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi.

    'Mirziyoyeva: Jamiyatimizda korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart'ning rasmi

    SIYOSAT 22.06.2026 16:18

    Mirziyoyeva: Jamiyatimizda korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart

    Saida Mirziyoyeva Prezident Shavkat Mirziyoyev adolatni insonlar uchun eng muhim qadriyatlardan biri sifatida ko‘p bor ta’kidlab kelayotganini qayd etdi.

    'O'zbekistonda xususiy kasbiy ta'lim markazlari soni to'rt baravarga oshiriladi'ning rasmi

    SIYOSAT 22.06.2026 10:36

    O'zbekistonda xususiy kasbiy ta'lim markazlari soni to'rt baravarga oshiriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

    'Saida Mirziyoyeva Qozogʻistonga tashrif buyurdi'ning rasmi

    SIYOSAT 21.06.2026 16:02

    Saida Mirziyoyeva Qozogʻistonga tashrif buyurdi

    Tashrif davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.