AsosiySIYOSAT

Prezidentga “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati taqdim etildi

Nimalar ma'lum?

'Prezidentga “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati taqdim etildi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, davlat rahbarining 2022 yil 3 fevraldagi qarori asosida tashkil etilgan texnoparkda kimyo mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va investorlar uchun qulay muhit yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Uning infratuzilmasini shakllantirish uchun 25 million dollar yo'naltirilgan.

Qayd etilishicha, 2025 yilda texnoparkda 56 million dollarlik investitsiya o'zlashtirilib, 758 ta ish o'rni yaratilgan. Korxonalar tomonidan 60 million dollarlik 150 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan.

Taqdimotda mineral o'g'itlar, neft-kimyo va maishiy kimyo sohalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar haqida ham axborot berildi. Xususan, mineral o'g'itlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida umumiy qiymati 2,8 milliard dollar bo'lgan investitsiya loyihalari ishlab chiqilgani ma'lum qilindi.

Shuningdek, Angrenda “Ko'mirdan olefinlar olish” va Qo'ng'irotda “Naftani qayta ishlash” loyihalari orqali polimer mahsulotlariga bo'lgan ichki talabni qoplash hamda import o'rnini bosish ko'zda tutilgan.

Maishiy kimyo sohasida esa import hajmini qisqartirish, mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish va eksport ko'rsatkichlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva qizlar ta'limi haqida gapirdi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 11:54

    Saida Mirziyoyeva qizlar ta'limi haqida gapirdi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat oliy ta’lim tizimida qizlarning ishtiroki ortib borayotganiga e’tibor qaratdi.

    ''ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 09:45

    'Mirziyoyeva: Jamiyatimizda korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart'ning rasmi

    SIYOSAT 22.06.2026 16:18

    Mirziyoyeva: Jamiyatimizda korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart

    Saida Mirziyoyeva Prezident Shavkat Mirziyoyev adolatni insonlar uchun eng muhim qadriyatlardan biri sifatida ko‘p bor ta’kidlab kelayotganini qayd etdi.

    'O'zbekistonda xususiy kasbiy ta'lim markazlari soni to'rt baravarga oshiriladi'ning rasmi

    SIYOSAT 22.06.2026 10:36

    O'zbekistonda xususiy kasbiy ta'lim markazlari soni to'rt baravarga oshiriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

    'Saida Mirziyoyeva Qozogʻistonga tashrif buyurdi'ning rasmi

    SIYOSAT 21.06.2026 16:02

    Saida Mirziyoyeva Qozogʻistonga tashrif buyurdi

    Tashrif davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    'Mirziyoyev: Xorijiy investorlar kengashi Yangi O‘zbekiston va jahon investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikka aylandi'ning rasmi

    SIYOSAT 18.06.2026 07:25

    Mirziyoyev: Xorijiy investorlar kengashi Yangi O‘zbekiston va jahon investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikka aylandi

    Bugun, 18 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi.