AsosiySIYOSAT

Saida Mirziyoyeva YEXHT bosh kotibi bilan uchrashdi

Qayd etilishicha, suhbat avvalida Feridun Sinirlio‘g‘li O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan tashrifi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini iliq taassurotlar bilan yodga olgan.

'Saida Mirziyoyeva YEXHT bosh kotibi bilan uchrashdi'ning rasmi

Kecha, 2 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Bosh kotibi Feridun Sinirliog‘li bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida Feridun Sinirliog‘li O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan tashrifi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini iliq taassurotlar bilan yodga olgan. Shuningdek, u EXHT O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan.

Uchrashuv davomida transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik, yoshlar manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash hamda sud-huquq tizimidagi islohotlar masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashib, o‘zaro muloqotni yanada kengaytirish muhimligini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar