AsosiyJinoyat

“Tracker”dan qariyb 9 kilogramm gashish topildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.

'“Tracker”dan qariyb 9 kilogramm gashish topildi'ning rasmi

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qariyb 9 kilogramm gashish moddasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va kontrabandasiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir doirasida “Toshkent – Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Tracker” rusumli avtomobil yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilgan.

Tekshiruv jarayonida Farg‘ona shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan va muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) bilan sudlangan fuqaro boshqaruvidagi transport vositasi ko‘zdan kechirilgan. Avtomobil salonidan haydovchi shaxsiy iste’moli uchun saqlab yurgan 1,72 gramm giyohvandlik moddasi aniqlangan.

Qo‘shimcha tekshiruv davomida esa avtomashina yukxonasidan 8 kilogramm 913 gramm gashish moddasi topilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, ushbu shaxs mazkur giyohvandlik vositasini qo‘shni davlatdan Toshkent viloyati hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirgan shaxslardan qabul qilib olgan va uni doimiy yashash manziliga olib ketishni rejalashtirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '643 milliard so‘mdan ortiq byudjet mablag‘ini talon-toroj qilganlik holati fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 05:16

    643 milliard so‘mdan ortiq byudjet mablag‘ini talon-toroj qilganlik holati fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'O'zbekistonda 8 milliard so'mdan ortiq qiymatdagi birja qoidalari buzilishi aniqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 02.06.2026 16:51

    O'zbekistonda 8 milliard so'mdan ortiq qiymatdagi birja qoidalari buzilishi aniqlandi

    O'tkazilgan o'rganishlar davomida "Raqobat to'g'risida"gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 170-son qarori talablari buzilgan holatlar fosh etilgan.

    'Farg'onada 2 kilogrammdan ortiq gashishni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 02.06.2026 10:41

    Farg'onada 2 kilogrammdan ortiq gashishni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

    Gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    'Mudofaa vazirligi xodimi qizga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 02.06.2026 05:36

    Mudofaa vazirligi xodimi qizga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun qamaldi

    Sud hujjatlariga ko‘ra, erkak notanish qizni Ohangaron shahriga olib ketish maqsadida o‘z avtomobiliga mindirgan.

    'Bir oyda 70,6 milliard so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 02.06.2026 04:13

    Bir oyda 70,6 milliard so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    Ma'lum qilinishicha, nazorat tadbirlari davomida iste'molchilar tomonidan 31,8 million kilovatt-soat elektr energiyasi hamda 6,3 million kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

    'Toshkentda oʻqituvchi ikki kishini pichoqlab oʻldirishda gumonlanmoqda'ning rasmi

    Jinoyat 01.06.2026 17:13

    Toshkentda oʻqituvchi ikki kishini pichoqlab oʻldirishda gumonlanmoqda

    Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi — qasddan odam o‘ldirish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.