AsosiySIYOSAT

BMT rasmiysi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori baholadi

Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya sessiyasida ishtirok etayotgan yuqori darajadagi delegatsiya hamda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni takomillashtirishga bag‘ishlangan ma’ruza mazkur xalqaro forumga tayyorgarlik ishlari uchun mustahkam asos yaratadi.

'BMT rasmiysi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori baholadi'ning rasmi

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshqaruv organlari kotibiyati rahbari Jo Dedein-Aman O‘zbekiston delegatsiyasining Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyaning 35-sessiyasidagi ishtirokini yuqori baholadi.

Uning ta’kidlashicha, BMTning mazkur yo‘nalishdagi asosiy organi hisoblangan komissiya sessiyasida O‘zbekistondan nufuzli delegatsiya ishtirok etayotgani katta ahamiyatga ega.

“Biz O‘zbekistondan shunday yuqori darajadagi delegatsiya ishtirok etayotganidan chin dildan mamnunmiz va buni yuksak qadrlaymiz”, dedi u.

Jo Dedein-Aman O‘zbekistonning 2031 yilda BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 16-kongressiga mezbronlik qilishga qiziqish bildirganini ham alohida qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya sessiyasida ishtirok etayotgan yuqori darajadagi delegatsiya hamda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni takomillashtirishga bag‘ishlangan ma’ruza mazkur xalqaro forumga tayyorgarlik ishlari uchun mustahkam asos yaratadi.

“Yuqori darajadagi delegatsiyaning bu yerda ishtirok etayotgani, shuningdek, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish bo‘yicha ilhomlantiruvchi ma’ruza BMTning 16-kongressiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni uchun mustahkam zamin yaratadi”, dedi BMT rasmiysi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 08:54

    'Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

    SIYOSAT 14.06.2026 08:39

    Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi

    Prezident Donald Trampga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va davlatchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar, Amerika xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilab qolgan.

    'Shavkat Mirziyoyev Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi'ning rasmi

    SIYOSAT 14.06.2026 03:12

    Shavkat Mirziyoyev Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

    Prezident oʻz tabrigida erishilgan kelishuvlar ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va xalqlar farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

    'Shavkat Mirziyoyev Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan qutladi'ning rasmi

    SIYOSAT 13.06.2026 11:05

    Shavkat Mirziyoyev Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan qutladi

    Bu haqda Armaniston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

    'Oʻzbekiston togʻ-kon sohasiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilmoqchi'ning rasmi

    SIYOSAT 09.06.2026 16:09

    Oʻzbekiston togʻ-kon sohasiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilmoqchi

    2025 yilda yirik tog'-kon sanoati korxonalarida raqamli yechimlar hisobiga 7,3 trillion so'm operatsion xarajatlar tejalgan va mahsulot tannarxi 9,1 foizga qisqargan.

    'Mirziyoyev Filippindagi halokatli zilzila munosabati bilan Markosga taʼziya bildirdi'ning rasmi

    SIYOSAT 09.06.2026 04:12

    Mirziyoyev Filippindagi halokatli zilzila munosabati bilan Markosga taʼziya bildirdi

    Davlat rahbari o‘z murojaatida tabiiy ofat qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, ularning dardiga sherik ekanini ta’kidlagan.