AsosiySIYOSAT

Mirziyoyev va Putin Sankt-Peterburgda uchrashdi

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildi.

'Mirziyoyev va Putin Sankt-Peterburgda uchrashdi'ning rasmi

Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrif doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muzokaralar chog'ida O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik yuqori sur'atlarda rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, yil boshidan buyon ikki mamlakat o'rtasidagi tovar ayirbosh qilish hajmi 20 foizga oshgani ta'kidlandi.

Shuningdek, sanoat, energetika, metallurgiya, transport, kimyo sanoati va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik qo'shma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda tovar ayirboshlashdagi ijobiy sur'atlarni saqlab qolish, kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va hududlararo hamkorlikni kengaytirish muhimligiga alohida e'tibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy teatrida Georg Fridrix Gendelning "Tamerlano" operasi premyerasi bo'lib o'tgani hamda "Ermitaj" davlat muzeyida O'zbekiston amaliy san'ati ko'rgazmasi ochilgani qayd etildi.

Suhbat yakunida davlat rahbarlari bo'lajak ikki tomonlama va xalqaro tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 04.06.2026 16:13

    Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi

    Suhbatda milliy yadro energetikasi infratuzilmasini rivojlantirish va sohada kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

    'Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 04.06.2026 05:18

    Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri bilan uchrashdi

    Muloqot chog‘ida O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ham muhokama qilingan.

    'BMT rasmiysi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori baholadi'ning rasmi

    SIYOSAT 03.06.2026 06:28

    BMT rasmiysi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori baholadi

    Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya sessiyasida ishtirok etayotgan yuqori darajadagi delegatsiya hamda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni takomillashtirishga bag‘ishlangan ma’ruza mazkur xalqaro forumga tayyorgarlik ishlari uchun mustahkam asos yaratadi.

    'Saida Mirziyoyeva YEXHT bosh kotibi bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT 03.06.2026 04:13

    Saida Mirziyoyeva YEXHT bosh kotibi bilan uchrashdi

    Qayd etilishicha, suhbat avvalida Feridun Sinirlio‘g‘li O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan tashrifi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini iliq taassurotlar bilan yodga olgan.

    'Mirziyoev kimyo sanoatidagi muammolarni tanqid qildi'ning rasmi

    SIYOSAT 02.06.2026 09:47

    Mirziyoev kimyo sanoatidagi muammolarni tanqid qildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatida mavjud muammolarga e'tibor qaratib, so'nggi to'qqiz yilda respublika sanoati o'rtacha 6,3 foizga o'sgan bo'lsa, kimyo tarmog'ida bu ko'rsatkich 3 foizga ham yetmayotganini qayd etdi.