AsosiyJAMIYAT

Oʻzbekistonlik muxlislarning yarmidan koʻpi AQSh vizasini ololmagan

Hisobotda Ekvador, Misr, Gaiti, Jazoir, O‘zbekiston, Kabo-Verde, Iordaniya, Eron, Kongo Demokratik Respublikasi, Gana va Senegal kabi 11 mamlakat fuqarolari bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilingan.

'Oʻzbekistonlik muxlislarning yarmidan koʻpi AQSh vizasini ololmagan'ning rasmi

Jahon chempionati o‘yinlarini joyidan turib tomosha qilishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik muxlislarning yarmidan ko‘pi AQSh vizasini olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Bu haqda BBC nashri ma’lum qildi.

Nashrga ko‘ra, mundialda ishtirok etayotgan ayrim mamlakatlar muxlislarining katta qismi viza rad etilgani yoki amaldagi sayohat cheklovlari sabab turnirga borish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Tahlillar 2024 yil oktyabr oyidan 2025 yil sentyabr oyi oxirigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Shu bois keyingi sakkiz oy mobaynida topshirilgan arizalar hisobotga kiritilmagan.

Hisobotda Ekvador, Misr, Gaiti, Jazoir, O‘zbekiston, Kabo-Verde, Iordaniya, Eron, Kongo Demokratik Respublikasi, Gana va Senegal kabi 11 mamlakat fuqarolari bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilingan.

Natijalarga ko‘ra, eng yuqori rad etish ko‘rsatkichi Senegalde qayd etilgan. Ushbu mamlakat fuqarolarining taxminan 80 foiziga viza berish rad etilgan. Keyingi o‘rinlarni Gana va Kongo Demokratik Respublikasi egallagan.

Shuningdek, tahlillarda o‘zbekistonlik muxlislarning ham yarmidan ko‘pi AQSh vizasini olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 18 iyun kuni Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da Meksika poytaxtidagi “Aczteka” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Shundan keyin Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa 23 iyun kuni Portugaliya, 27 iyun kuni esa Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar