AsosiyJINOYAT

Тошкент вилоятида ИИБ ходимларига пичоқ билан ҳужум қилинди

Ayni vaqtda Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea yuzasidan rasmiy ma'lumot berganicha yo'q.

'Тошкент вилоятида ИИБ ходимларига пичоқ билан ҳужум қилинди'ning rasmi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ichki ishlar organlari xodimlariga pichoq bilan hujum qilindi. Bu haqda Kun.uz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, voqea 15 iyunga o'tar kechasi tumanning Eyvalak mahallasi hududida sodir bo'lgan. Xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimlari bir guruh mast fuqarolarni ko'rib, ularni tartibga chaqirgan.

Manbaga ko'ra, xodimlar ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirishga uringan vaqtda tortishuv yuzaga kelgan. Shundan so'ng fuqarolardan biri pichoq bilan hujum qilib, profilaktika inspektoriga tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga yetib kelgan boshqa ichki ishlar xodimlari o'zlarini himoya qilish maqsadida xizmat qurolini qo'llashga majbur bo'lgan.

Kun.uz ixtiyoridagi ma'lumotlarga ko'ra, ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Ohangaron tumanida yashovchi 34 yoshli erkak qidiruvga berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddalari bilan, ya'ni qasddan odam o'ldirishga suiqasd qilish alomatlari bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ayni vaqtda Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea yuzasidan rasmiy ma'lumot berganicha yo'q.

    Boshqa yangiliklar