AsosiySIYOSAT

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashdi

Uchrashuvda Malayziyaning “Petronas” korporatsiyasi delegatsiyasi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

'Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashdi'ning rasmi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa muddat to'xtab o'tgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, muloqot chog'ida O'zbekiston va Malayziya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, oliy darajadagi o'zaro tashriflar natijasida ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqan. Joriy yil boshidan buyon o'zaro tovar ayirbosh qilish hajmi 15 foizga oshgan, qo'shma korxonalar soni esa 50 taga yetgan.

Uchrashuvda Malayziyaning "Petronas" korporatsiyasi delegatsiyasi bilan o'tkazilayotgan muzokaralar ahamiyatiga alohida e'tibor qaratilgan. Tomonlar neft-kimyo, yuqori texnologiyalar, qishloq xo'jaligi, mashinasozlik va farmatsevtika sohalaridagi strategik loyihalarni jadallashtirish masalalarini ko'rib chiqqan.

Shuningdek, islom moliyasi, hududlararo hamkorlik, ziyorat turizmi, to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar sonini ko'paytirish va madaniy almashinuvlarni rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilingan.

Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimni O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 04:46

    ''ning rasmi

    SIYOSAT 16.06.2026 13:04

    ''ning rasmi

    SIYOSAT 16.06.2026 08:36

    ''ning rasmi

    SIYOSAT 15.06.2026 08:54

    'Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

    SIYOSAT 14.06.2026 08:39

    Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi

    Prezident Donald Trampga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va davlatchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar, Amerika xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilab qolgan.

    'Shavkat Mirziyoyev Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi'ning rasmi

    SIYOSAT 14.06.2026 03:12

    Shavkat Mirziyoyev Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

    Prezident oʻz tabrigida erishilgan kelishuvlar ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va xalqlar farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.