AsosiySIYOSAT

Shavkat Mirziyoyev: Andijonning madaniyat poytaxti sifatida tan olinishi O‘zbekistonga berilgan yana bir xalqaro e’tirofdir

Davlat rahbari o‘z murojaatida Andijon shahrining mazkur maqomga munosib ko‘rilganini O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy-ma’naviy merosi va turkiy sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasining xalqaro miqyosdagi e’tirofi sifatida baholadi.

'Shavkat Mirziyoyev: Andijonning madaniyat poytaxti sifatida tan olinishi O‘zbekistonga berilgan yana bir xalqaro e’tirofdir'ning rasmi

Bugun, 24 iyun kuni Andijon shahrining 2026 yilda “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan xalqaro tadbirlar ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbir ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

Davlat rahbari o‘z murojaatida Andijon shahrining mazkur maqomga munosib ko‘rilganini O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy-ma’naviy merosi va turkiy sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasining xalqaro miqyosdagi e’tirofi sifatida baholadi.

Prezident tabrigida Andijon asrlar davomida madaniyat, adabiyot, san’at va hunarmandchilik markazlaridan biri bo‘lib kelganini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ushbu zamindan Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulhamid Cho‘lpon kabi buyuk davlat arboblari va ijodkorlar yetishib chiqqan.

Shuningdek, milliy madaniyatning ajralmas qismiga aylangan “Andijon polkasi” raqsi hamda askiya san’ati nafaqat O‘zbekiston, balki butun turkiy olamning umumiy ma’naviy boyligi sifatida e’tirof etildi.

Murojaatda O‘zbekiston va Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY o‘rtasidagi hamkorlik alohida qayd etildi. Xususan, turkiy xalqlarning eng sara adabiy merosini jamlagan 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” to‘plamining nashr etilgani, joriy yil aprel oyida Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazida TURKSOY vakolatxonasi ochilgani eslatib o‘tildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, “Andijon — Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” loyihasi doirasida bir yil davomida o‘tkaziladigan festivallar, ilmiy anjumanlar, ijodiy uchrashuvlar va madaniy tadbirlar qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

So‘z yakunida davlat rahbari tadbir ishtirokchilarini yana bir bor qutlab, ularga mustahkam sog‘liq va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi hamda mehmonlarni “O‘zbekiston durdonasi, oltin vodi gavhari” deb ta’riflangan Andijon shahriga xush kelibsizlar, deb qarshi oldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev: Energiya tejamkor uylar xarajatni 30 foizgacha kamaytiradi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 07:43

    Mirziyoyev: Energiya tejamkor uylar xarajatni 30 foizgacha kamaytiradi

    Prezident viloyat, tuman va shahar hokimlariga Qamashi tajribasini o‘rganishni topshirdi.

    'O‘zbekistonda mehmonxonalar qurilishida mahalliy materiallar ulushi 95 foizga yetkaziladi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 07:32

    O‘zbekistonda mehmonxonalar qurilishida mahalliy materiallar ulushi 95 foizga yetkaziladi

    Yig'ilishda Toshkent viloyatining Parkent tumanida yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan “Kumushkon Resort” turistik majmuasi misol qilib keltirildi.

    'Oʻzbekistonning eng gavjum shahri maʼlum boʻldi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 05:46

    Oʻzbekistonning eng gavjum shahri maʼlum boʻldi

    Qayd etilishicha, 2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatning doimiy aholisi soni qariyb 38,4 million nafarga etgan.

    'Mirziyoyev va Toqayev strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi'ning rasmi

    SIYOSAT 24.06.2026 13:49

    Mirziyoyev va Toqayev strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

    Suhbat davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston–Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

    'Saida Mirziyoyeva qizlar ta'limi haqida gapirdi'ning rasmi

    SIYOSAT 23.06.2026 11:54

    Saida Mirziyoyeva qizlar ta'limi haqida gapirdi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat oliy ta’lim tizimida qizlarning ishtiroki ortib borayotganiga e’tibor qaratdi.

    'Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yildi'ning rasmi

    SIYOSAT 23.06.2026 09:45

    Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

    Davlat rahbari tadbirda so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekistonda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantirish, yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish davlat siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi.