AsosiySIYOSAT

Shavkat Mirziyoyev “O‘zgarish” mahallasidagi yangi infratuzilmalar bilan tanishdi.

Prezident ta'kidlaganidek, ushbu o'zgarishlar aholi uchun qulay muhit yaratish va mahallani zamonaviy, obod maskanga aylantirishga qaratilgan izchil islohotlarning natijasidir.

'Shavkat Mirziyoyev “O‘zgarish” mahallasidagi yangi infratuzilmalar bilan tanishdi.'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “O‘zgarish” mahallasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari hamda yer usti metro yo‘nalishi ostida tashkil etilgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida davlat rahbariga mahallada aholi uchun barpo etilgan zamonaviy infratuzilma, 45 ta ko‘p qavatli uy, 1 620 ta xonadon hamda 6 700 dan ortiq aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 10 ta bolalar maydonchasi, mini-futbol maydoni va sog‘lomlashtirish hududlari tashkil etilgan.

Shuningdek, Prezident zamonaviy kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu obyekt qish mavsumida elektr va issiqlik ta’minoti barqarorligini ta’minlab, yiliga 18,4 mln kVt·soat elektr va 80 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega. Loyiha doirasida infratuzilma yangilanib, yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Mirziyoyev shuningdek, yer usti metro yo‘nalishi ostida qayta tashkil etilgan 5,7 gektar hududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari bilan ham tanishdi. Bu yerda 137 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda, 250 ta ish o‘rni yaratilgan, 4 kilometr piyodalar va velosiped yo‘laklari, bolalar maydonchalari hamda dam olish zonalari barpo etilgan.

Prezident ta’kidlaganidek, ushbu o‘zgarishlar aholi uchun qulay muhit yaratish va mahallani zamonaviy, obod maskanga aylantirishga qaratilgan izchil islohotlarning natijasidir.

    Boshqa yangiliklar

    Shavkat Mirziyoyev “O‘zgarish” mahallasidagi yangi infratuzilmalar bilan tanishdi. - Darakchi.uz