AsosiySIYOSAT

O‘zbekistonda baliqchilik sohasida yangi tartiblar joriy etiladi

Farmonga muvofiq, mamlakatda baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnaga, sovuq suv baliqchiligi hajmini esa 20 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

'O‘zbekistonda baliqchilik sohasida yangi tartiblar joriy etiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Baliqchilik tarmog'ini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni bilan 2026–2027 yillar baliqchilik sohasini jadal rivojlantirish davri etib belgilandi.

Farmonga muvofiq, mamlakatda baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnaga, sovuq suv baliqchiligi hajmini esa 20 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Baliqchilikni rivojlantirish markazi hamda sohani qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi.

2027 yildan boshlab suv omborlari va tabiiy suv havzalari ochiq elektron auktsion orqali ijaraga beriladi.

Farmon bilan baliqchilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ham qator imtiyozlar belgilandi. Xususan, quyosh panellari, aeratorlar, naslli ona baliqlarni import qilish, yopiq suv aylanish tizimlari (UZV) va omuxta yem ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish uchun subsidya hamda kompensatsiyalar ajratiladi.

Bundan tashqari, baliqchilik xo'jaliklari uchun qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil etiladi, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlari ham davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.

Hujjat bilan ko'zlangan asosiy maqsad baliqchilik sohasini zamonaviy va raqobatbardosh tarmoqqa aylantirish, yangi ish o'rinlari yaratish hamda aholini sifatli baliq mahsulotlari bilan ta'minlashdan iborat.

    Boshqa yangiliklar

    O‘zbekistonda baliqchilik sohasida yangi tartiblar joriy etiladi - Darakchi.uz