AsosiySIYOSAT

Muzaffar Kamilov Prezidentning diniy-ma'rifiy masalalar bo'yicha maslahatchisi etib tayinlandi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

'Muzaffar Kamilov Prezidentning diniy-ma'rifiy masalalar bo'yicha maslahatchisi etib tayinlandi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur tayinlov munosabati bilan Muzaffar Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Muzaffar Kamilov shu kunga qadar Prezident Administratsiyasida diniy-ma’rifiy sohada davlat siyosatini muvofiqlashtirish, yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarni ta’minlash hamda tegishli idoralar faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullanib kelgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur kadrlar o‘zgarishi diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatini yanada samarali muvofiqlashtirish va ushbu yo‘nalishdagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida amalga oshirilgan.

    Boshqa yangiliklar