AsosiyJINOYAT

Toshkentda opiy va hashish saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrida Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaroning vaqtincha yashash xonadonidan 13 kilogramm 50 gramm opiy va 7 kilogramm 137 gramm hashish aniqlandi.

'Toshkentda opiy va hashish saqlagan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaroning Toshkentdagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 13 kilogramm 50 gramm opiy va 7 kilogramm 137 gramm gashish aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda uning jinoiy sheriklari hamda giyohvandlik moddalarining kelib chiqish manbalari aniqlanmoqda.

Shuningdek, DXX va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan boshqa tezkor tadbirda virtual narkokanal tashkil qilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ulardan gashish va gashish moyi musodara qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkentda opiy va hashish saqlagan shaxs qo‘lga olindi - Darakchi.uz