Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan ofisdan 880 million so‘m o‘g‘irlaganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, o‘g‘irlik haqidagi xabardan so‘ng tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilib, gumonlanuvchi aniqlangan va ushlangan. Tergov davomida u o‘g‘irlangan pullarni yashash xonadoni yonida turgan Foton yuk avtomashinasiga yashirganini aytgan. Pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






