O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan quruvchilar, me'morlar, muhandislar, loyihachilar va soha faxriylariga tabrik yo'lladi.
Prezident tabrigida so'nggi 9 yilda mamlakatda 210 million kvadrat metrdan ortiq bino va inshootlar barpo etilgani, 647 mingta xonadonga ega uy-joylar qurilgani qayd etildi. 2026 yilda yana 140 mingta yangi xonadon foydalanishga topshirilishi ta'kidlandi.
Shuningdek, qurilishda ruxsat berish bosqichlari uch barobarga, muddatlar esa to'rt barobarga qisqartirilgani aytildi. Boshqaruv va nazorat jarayonlari ham raqamlashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev soha xodimlariga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt-saodat va yangi yutuqlar tiladi.
Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlarini tabrikladi
Prezident soha xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va yangi yutuqlar tiladi.






