AsosiyJinoyat

​Bir million so`m uchun sodir etilgan qotillik jinoyati fosh etildi

'​Bir million so`m uchun sodir etilgan qotillik jinoyati fosh etildi'ning rasmi

To`rt muchasi sog`, o`ziga yarasha aql-zakovatga ega engil hayotga o`rganib qolgan, tekin daromad ko`rishni afzal bilgan yosh yigit pul uchun birovning hayotiga nuqta qo`ydi. Bu haqda Bosh prokuraturaning “Huquq” nashri xabar berdi.

Kunlardan birida Narimon (ismi o`zgartirilgan) o`zi avval ishlagan kafening yonidan o`tib, bu erda o`tkazgan kunlarini esladi va fikri buzildi. Bu erda pul qaerda saqlanishi va qanday kelishini bilgani uchun u o`g`rilikka tushish rejasini tuzdi.

Kuz kechalaridan birida u kafening orqa tarafidagi eshigi yoniga kelib, hamma ketganligiga amin bo`lgach, binoning devoridan oshib ichkariga tushdi. U tungi soat ikkigacha payt poyladi va faqatgina qorovulni yo`q qilib, maqsadiga etishi mumkinligini tushinib etdi.

So`ngra ichkariga kirib, uyquga ketgan qorovulning boshiga kafedagi bolta bilan ikki marta urib o`ldirdi. Keyin esa pul saqlanadigan xonaga kirib, seyf qulfini buzdi hamda va bir milliondan oshiqroq pulni olib chiqib ketdi.

Qotillik jinoyati tezda fosh etilib, sud hukmiga ko`ra qotil 18 yil ozodlikdan mahrum etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar