AsosiyDunyo

​AQShlik muhojir o`zini deportasiya qilishni iltimos qildi

'​AQShlik muhojir o`zini deportasiya qilishni iltimos qildi'ning rasmi

AQShda gvatemalalik muhojir Sesar Sanches Amerika hukumatidan o`zini deportasiya qilishni iltimos qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

U “911” telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib, o`zini yomon his etayotganligi tufayli vataniga deportasiya qilishlarini iltimos qildi.

“O`zimni judayam yomon his qilyapman. Bu favqulodda hodisa emas, ammo meni deportasiya qilishlaringizni iltimos qilaman”, dedi Sanches. Mazkur voqeadan keyin qutqaruv xizmatiga noodatiy iltimos bilan qo`ng`iroq qilgan Sanches polisiya tomonidan qo`lga olindi va unga ikki ming dollar miqdorida jarima solindi. Uning kelgusi taqdirini mamlakatning migrasiya xizmati belgilaydigan bo`ldi.

Boshqa yangiliklar