2017 yilning 24 iyun kuni taxminan soat 20:00 larda o`tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida, Vasyakin Ravil Djamilevich, Mirzo Ulug`bek tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 24.000 so`m pul evaziga fuqaro «E» va «N»larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, anketa ma`lumotlarini o`xshashlik holati tasodifiy harakterga ega.