AsosiyJINOYAT

Озиқ-овқат орасига яширилган 95 мингдан зиёд дори воситаси ушлаб қолинди

Tegishli baholash hisobotiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 323 mln so‘mni tashkil etadi.

'Озиқ-овқат орасига яширилган 95 мингдан зиёд дори воситаси ушлаб қолинди'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy ravishda mamlakatga olib kirilayotgan katta partiya dori vositalari fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istondan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “S. Najimov” chegara-bojxona posti orqali kirib kelgan Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi tekshirilganda, oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan 52 turdagi, jami 95 369 dona tibbiyot buyumlari va dori vositalari aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida ushbu yukni qabul qilib olgan Toshkent tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ham ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tegishli hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 323 mln so‘mni tashkil etgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar