AsosiyJINOYAT

Andijonda 2 ta korrupsion holat fosh etildi

Nоqonuniy yer savdosiga aralashgan mansabdorlar ushlandi.

'Andijonda 2 ta korrupsion holat fosh etildi'ning rasmi

Andijon viloyatida er maydonlarini noqonuniy tarzda rasmiylashtirib berishni va'da qilgan bir nechta mansabdor shaxslar qo'lga olindi.

Ma'lum bo'lishicha, Farg'ona vodiysi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi 2-Shahrixon bo'limi 3-gidrouchastkasi boshlig'i chorvachilik bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan fuqaroga katta Farg'ona kanali himoya hududidagi 30 sotix erni ijaraga olib berish evaziga 40,5 ming dollar talab qilgan. U 20 ming dollardan 3 ming dollarni olgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan ushlangan.

Tezkor tadbirlar davomida ushbu holatga boshqarmaning yana bir mas'ul xodimi aloqadorligi aniqlanib, u ham pulning bir qismini olgan vaqtida qo'lga olingan.

Shuningdek, ushbu erdan foydalanib kelgan gidrouchastka xodimi ham erni berish uchun 19 ming dollar talab qilgani ma'lum bo'lgan.

Yana bir holat Oltinko'l tumanida qayd etildi. U erda ta'lim muassasasi direktori avtomaktab foydasiga shartnomani tasdiqlab berish evaziga 15 ming dollar so'ragan. U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar