AsosiyJAMIYAT

Afg'onistonda O'zbekiston boshqaradigan temiryo'lda yangi quruq port ochildi

Yangi port orqali yuk poyezdlari tezroq qabul qilinib, yuklarni tushirish va jo‘natish jarayoni jadallashadi.

'Afg'onistonda O'zbekiston boshqaradigan temiryo'lda yangi quruq port ochildi'ning rasmi

Afg'onistonda «Xayraton — Mozori-Sharif» temiryo'l yo'nalishida yangi quruq port ishga tushirildi. Ushbu liniyani «O'zbekiston temir yo'llari»ning qo'shma korxonasi boshqaradi.

Ma'lum qilinishicha, yangi logistika terminali birinchi yuk poyezdini qabul qildi va yuklarni tushirish ishlari boshlab yuborildi.

Tomonlar temiryo'l yo'nalishining o'tkazuvchanligini oshirish, shuningdek, Naibobod stansiyasida 1650 metrlik qo'shimcha tarmoq qurish masalasini muhokama qilgan.

Loyiha yuk tashish hajmini oshirish, vagonlar to'xtab turish vaqtini qisqartirish va umumiy samaradorlikni yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Afg'oniston tomoni loyihalarni tezkor amalga oshirish bo'yicha tegishli idoralarga topshiriq berdi va yuk tashish hajmini oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar