AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollarga yetdi

Davlat qarzining YaIMga nisbati 26,6 foizni tashkil etadi.

'O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollarga yetdi'ning rasmi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil birinchi choragi yakuniga kelib O'zbekistonning davlat qarzi 46,9 milliard dollarga etgan.

Uning 39,77 milliard dollari tashqi qarz, 7,2 milliard dollari esa ichki qarz hissasiga to'g'ri keladi. Tashqi qarzning asosiy qismi xorijiy valyutada bo'lib, umumiy tashqi qarzning 83 foizini tashkil etadi.

Davlat qarzining YaIMga nisbati 26,6 foiz etib qayd etilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston eng katta qarzdorlikni Jahon banki oldida saqlab turibdi — 9,04 milliard dollar. Keyingi o'rinlarda Osiyo taraqqiyot banki (8,28 milliard dollar), Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki (2,28 milliard dollar), shuningdek, Xitoy va Yaponiya moliyaviy tashkilotlari turadi.

    Boshqa yangiliklar