03.12.2013 16:31
«Angren» industrial zonasi rasmiy saytiga ega bo`ldi
Mazkur industrial hudud haqidagi xabar va yangiliklar haqida endi [url=http://sizangren.uz/]www.sizangren.uz saytidan topish mumkin.
Saytni ishlab chiqishda O`zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining «O`zbekistonga investisiyalar jalb etish va tashqi savdoni rivojlantirishga ko`mak» loyihasi tomonidan yordam ko`rsatilgan.
«Angren» MIZ saytida uning infratuzilmasi, axborot markazi, fotogalereyalari, shuningdek, mazkur hududda ayni vaqtda amalga oshirilayotgan loyihalar ro`yxati bilan tanishish imkoni mavjud. Sayt o`zbek, rus va inliz tillarida faoliyat olib boradi.
«Angren» industrial zonasi 2012 yilning aprelida O`zbekiston Prezidenti Farmoniga ko`ra Toshkent viloyatining Angren shahrida tashkil etilgan.
Zona faoliyati 30 yilga mo`ljallangan bo`lib, u keyinchalik yana uzaytirilishi mumkin.





