Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida issiqxonada 435 tup ko‘knori yetishtirib kelayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida Bahor mahallasidagi xonadon ko‘zdan kechirilganda, issiqxonaning orqa qismida yashirin holda giyohvand modda hisoblangan ko‘knori parvarish qilib kelinayotgani ma’lum bo‘lgan.
Gumonlanuvchi muqaddam ham shu turdagi jinoyat uchun jazo o‘tgani aytilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Avvalroq Olmazor tumanidagi xonadonlardan birida 160 tup ko‘knoriga o‘xshash o‘simlik yetishtirib kelayotgan fuqaro aniqlanib, qo‘lga olingani xabar qilingan edi.






