Toshkentda qariyb 600 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilganlar ushlandi.
Toshkent shahri Olmazor tumani, Toshkent viloyati Qibray tumani va Ohangaron shahrida jami yarim milliard so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Qibray tumanidagi “Z.S.” MChJ 279,7 mln so‘mlik, Ohangaron shahridagi “P.P.” MChJ 180,5 mln so‘mlik, Olmazor tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi esa 111,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






