AsosiySIYOSAT

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi

Tomonlar mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq so‘nggi vaziyat va o‘zgarishlarni muhokama qildi.

'O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi'ning rasmi

O'zbekiston Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammadov boshchiligidagi delegatsiya 21-may kuni rasmiy tashrif bilan Qatar poytaxti Doha shahriga bordi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida vazir Qatar Bosh vaziri o'rinbosari va mudofaa ishlari bo'yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurrahmon bin Hasan Ol Taniy bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar mintaqadagi xavfsizlik bilan bog'liq so'nggi vaziyat va o'zgarishlarni muhokama qildi. Shuningdek, mavjud sharoitlardan kelib chiqib, harbiy hamkorlik va qo'shma muvofiqlashtirish masalalari ko'rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston va Qatar o'rtasida harbiy hamkorlik bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Mudofaa vaziri 20-yanvar kuni Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler bilan 2026 yilga mo'ljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzolagan edi. Ushbu reja doirasida harbiy bo'linmalarning qo'shma mashg'ulotlari, kadrlar almashinuvi hamda texnik hamkorlik yo'nalishlari nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar