AsosiySIYOSAT

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Davlat rahbari Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida portlash oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, ularga sabr-toqat tiladi.

'Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan fojiali hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari hodisa oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, ularga sabr-toqat tiladi. Shuningdek, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini ham bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida 22 may kuni sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida kamida 90 nafar odam halok bo‘lgan. Hodisa Xitoydagi yirik sanoat fojialaridan biri sifatida baholanmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi rahbari esa qutqaruv ishlarini to‘liq kuchaytirish, konida qolganlarni qutqarish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirgan. Shuningdek, u hodisani atroflicha tergov qilish va aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidlagan.

Shansi provinsiyasi Xitoyning asosiy ko‘mir qazib olish markazlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bu hududda tog‘-kon sanoatidagi xavfsizlik muammolari va takrorlanib turadigan sanoat avariyalari bilan ham tanilgan.

    Boshqa yangiliklar