01.02.2014 11:53
Favkulodda vaziyatlar vazirligi kuchli sovuq haqida ogohlantirdi
Xabarda, “O`zgidrometmarkazi ma`lumotlariga ko`ra joriy yilning 1 dan 5 fevraligacha havo harorati me`yordan pastga 15-20 darajagacha tushadi. Ehtiyot choralarini ko`rishingizni so`raymiz”, deya ogohlantirilgan.
Mamlakatimiz hududiga Rossiyaning markaziy Evropa qismidan sovuq va nam havo kirib kelmoqda. Haroratning keskin tushishi Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro va Navoi viloyat aholisini kutmoqda — 28 daraja.





