1

O`zbekistonlik 13 nafar bola bepul davolanish uchun Germaniyaga jo`nab ketadi

Jamiyat 07.02.2014, 21:22
O`zbekistonlik 13 nafar bola bepul davolanish uchun Germaniyaga jo`nab ketadi
Joriy yilning 12 fevral kuni 13 nafar bemor bolalar Germaniya klinikalarida davolanish uchun “Sog`lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg`armasining vakillari xamrohligida Germaniyaga jo`nab ketishadi.
 
Shuningdek 16 fevral kuni avvalroq jo`nab ketgan 7 nafar bola Germaniya Respublikasidan sog`lomlashtirilib, yurtimizga qaytib kelishadi, deya xabar beradi jamg`arma matbuot xizmati.
 
“Sog`lom avlod uchun” jamg`armasi ham onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, kam ta`minlangan oilalardagi bemor bolalarni ijtimoiy va tibbiy jihatdan ko`mak berish borasida muhim ishlarda nafaqat davlat tashkilotlari, balki nodavlat tashkilotlarining ham aloxida o`rni bor. Shu maqsadda, jamg`arma tomonidan bemor bolalarni chet el nufuzli klinikalarida davolash maxsus dasturi ishlab chiqilgan.
 
2002 yilda “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti birgalikda uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo`lgan bemor va nogiron bolalarni davolash va reabilitasiya qilish bilan shug`ullanadilar.

2002-2014 yillar davomida 231 nafar O`zbekistonlik bemor bolalar terining kuyish asoratlari, tug`ma qo`l-oyoq bo`g`imlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanishdi.
 
Ushbu xalqaro tashkilotning grant mablag`i hisobiga 2013 yil davomida respublika bo`yicha jami 237 nafar tug`ma lab tanglay nuqsoni bo`lgan nogiron bolalarda 26,7 mln so`m mablag` doirasida jarrohlik operasiyalari o`tkazildi.
 
Shu bilan bir qatorda “Chiroyli oyoqchalar” loyixasi doirasida tug`ma oyoq nuqsoni (maymoqlik) va “Qiyshiq bo`yin” tashxisi bilan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarni operasiya qilish maqsadida 2013 yil davomida 227 nafar bemor bolalar operasiya qilindi va jami xarajat 21,7 mln so`mni tashkil etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1